LE-MAN — Fransiyaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, Sarta daryosi sohilida. Sarta departamentining maʼmuriy markazi va Men tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 150,6 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Avtomobilsozlik, aviasozlik, toʻqimachilik, kimyo sanoati, televizorlar i. ch. korxonalari, badiiy muzey bor. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (11— 12-a. lar) va cherkovlar (10—14-a. lar) saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые