LAZER ASBOBLAR

LAZER ASBOBLAR — 1) lazer nuridan foydalanib turli materiallarni payvandlash, kesish, chiniqtirish va parmalash, gaz quvurlarini qirqish uchun moʻljallangan asbob va jihozlar. Ular b-n ishlov berilganda materialda mexanik zoʻriqish paydo boʻlmaydi, payvandlangan choklar, ochilgan teshiklar juda aniq (0,003—1 mm) chiqadi. Lazer asboblar lazer nurini zarur joyga muayyan yoʻnalishda yoʻnaltirib beradigan optik tizimdan iborat. Ular bilan istalgan qattiqlikdagi materiallarga, hatto olmos, rubin va b. ga ishlov berish mumkin. Lazer nuri zichligini oshirish va ishlov berilayotgan joyni cheklab turish uchun Lazer asboblarda turli optik tizilmalardan foydalaniladi. Lazer asboblardan foydalanilganda ish unumdorligi xam juda yuqori boʻladi. Mac, teshiklarni parmalaydigan lazer jihozlar bilan har minutda 60—240 ta teshikni parmalash mumkin. U lazer kallak, optik tizim, boshqarish tizimi, tok bilan taʼminlash manbai, sovitish tizimlardan iborat;

2) biol. va tibbiyotda qoʻllaniladigan asboblar. Lazer nuridan foydalanib jarrohlik operatsiyalarini oʻtkazish (mas, koʻz toʻr pardasini operatsiya qilish), terapiya usulida davolash, fizioterapiyada boʻgʻinlarni davolash mumkin;

3) qudratli lazer nuridan foydalanib dushman kuchlari va texnikasiga talofat yetkazadigan lazer qurollar. Lazer asboblardan kosmonavtikada ham foydalanish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x