LAYLAKLAR

LAYLAKLAR (Ciconidae) — uzun oyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 17 turni birlashtirgan 11 urugʻi bor. Asosan, tropik, subtropik va moʻtadil mintaqalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda oq laylak va qora laylak uchraydi. Oq laylakning tumshugʻi va oyoqlari qizil, pati oq, qanot patlari qora. Vazni 4 kg gacha. Qora laylak oq laylakka qaraganda kichikroq. Laylaklar yalangliklarda, togʻlarda va aholi punktlariga yaqin yer larda yashaydi. Uyasini daraxtlarga, qoyalarga va minoralar tomiga quradi. 3—5 ta tuxum qoʻyadi. Ikkala jins ham tuxumini 30 kuncha galma-galdan bosadi. Monogam qushlar. Baqa, kaltakesak, sichqon, hasharot va b. b-n oziklanadi. Markaziy va Jan. Afrikada, Jan.-Gʻarbiy Osiyo va Gʻarbiy Xitoyda qishlaydi. Hoz. Laylaklar soni kamayib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x