DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli mahsulotlar: 100 gramm lavlagi, 50 g sho‘rtang pishloq (brinza), 1 choy qoshiq limon sharbati, ta’bga ko‘ra tuz va murch, 1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi:
1. Suvda pishirilgan lavlagining po‘sti tozalanadi. Kubikcha shaklida kesiladi.
2. Lavlagini tovoqqa solib, tuz va murch sepiladi va ustidan yog‘ hamda limon sharbati sepiladi.
3. Pishloq kubikcha shaklida qirqiladi. Likopchaga lavlagini solib, ustidan pishloq joylashtiriladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/lavlagi-salati/