LAUEGRAMMA

LAUEGRAMMA — monokristallning rentgen nuridagi difraksion tasvi-rini qayd etish. 1912-y. da shu usulni taklif etgan M. Laue nomi bilan ataladi. Lauegrammani birinchi marta nemis olimlari V. Fridrix va P. Knipping fotoplyonkada hosil qilgan. Laue usulida uzuluksiz spektrli rentgen nurlarining ingichka dastasi shu nurlar uchun difraksion panjara vazifasini bajaruvchi qoʻzgʻalmas monokristallga uzatiladi. Kristall hosil qilgan difraksion tasvir kristall ortiga joylashtirilgan fototasmada qayd qilinadi. Rasmda berilliy monokri-stallida olingan Lauegramma koʻrsatilgan. Monokristallning turli kristallogra-fik tekisliklarida joylashgan atomlardagi rentgen nuri difraksiyasi Lauegrammada maʼlum bir dogʻlarni hosil qiladi. Lauegramma dagi dogʻlarning soni va joylashishiga qarab, mas, kristallning simmetriyasi toʻgʻrisida xulosalar chiqariladi. Lauegramma usuli rentgen struktura analizida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x