LAUE (Laue) Maks Feliks Teodor fon (1879.9.10, Pfaffendorf, Koblens yaqinida — 1960.24.4, Berlin) — nemis fizigi. Berlin un-tini tugatgan (1904). Ilmiy ishlari optika, kristallofizika, oʻta oʻtkazuvchanlik, nisbiylik nazariyasi, kvant nazariya, atom fizikasi, qattiq jismlar fizikasi va b. ga oid. Kristallarda rentgen nurlari interferensiyasi nazariyasini yaratib, bu nurlar uchun kristallardan difraksion panjara sifatida foydalanishni taklif qilgan, kristallarda rentgen nurlarining difraksion nazariyasini ishlab chiqqan (1912). Uning rahbarligida birinchi marta lauegramma olingan va bu bilan rentgen struktura analiziga asos solingan. Nobel mukofoti laureati (1914).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые