LATTABAND — Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi soy, Bulungʻur va Baxmal tumanlari hududidan oqib oʻtadi. Turkiston togʻ tizmasidagi Shingak dovoni yaqinidagi (2450 m) buloqlardan boshlanadi. Gʻarb va shim.-gʻarb tomon oqib borib, Qozoqqishloq yaqinida Eski Tuyatortar kanaliga quyiladi. Uz. 21 km, suv yigʻish mayd. 26 km2. Yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi koʻpayadi. Yigirmaga yaqin irmogʻi (umumiy uz. 24 km) bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые