So’nggi urfda kiyinish. Qad-qomat va tashqi ko’rinishni, olinayotgan narsa yarashish yoki aksincha, yarashmasligini bilmay, ko’r-ko’rona so’nggi urfdagi kiyim-kechaklarni xarid qilish sizga qimmatga tushish mumkinligini bilasizmi? Dizaynerlar tavsiya qilgan kiyimlar hammaga yarashavermaydi. Shuning uchun kiyim harid qilishdan avval, modaga qarab emas, uning sizga yarashayotganligiga ishonch hosil qiling.
Juda uzun soch. Ko’pchilik haddan ziyod uzun sochlar yoshni “qisqartiradi” deb o’ylaydi. Bu noto’g’ri fikr! Аslida uzun sochlar yoshni bilintirib qo’yadi. To’g’ri tanlangan kalta soch turmagi esa, aksincha, yoshartiradi.
Haddan ziyod bo’yalgan ko’zlar. Yoshlikda 2-3 xil bo’yoqlardan foydalanib bo’yalgan ko’zlar chiroyli ko’rinadi, lekin yosh o’tishi bilan bunday uslubda bo’yalgan ko’zlar, ko’z ostidagi ajinlarni “sotib” qo’yadi. Shu sababdan yosh o’tgan sayin ko’z pardozi uchun neytral ranglardan foydalanish tavsiya etiladi.
Noto’g’ri o’lchamli kiyimlar. Ba’zan ortiqcha vazn muammosiga uchragan ayollarning ayrimlari o’zini hursand qilish uchun kichik o’lchamli kiyim harid qilishsa, ayrimlari 2-3 marotaba o’lchami katta “xaltasimon” ko’ylaklar sotib olishadi. Har ikkala vaziyatda ham siz vazningiz hisobiga ancha katta ko’rinasiz. O’zingizga nisbatan tanqidchi bo’lishga harakat qiling, doim to’g’ri o’lchamdagi, o’zingizga mos keladigan kiyimlar harid qilishga o’rganing.
To’q rangli lab bo’yog’i. To’g’ri, to’q rangli lab bo’yoqlari hech qachon urfdan chiqmaydi, ammo yosh o’tgan sayin bunday lab bo’yoqlaridan iloji boricha kamroq foydalangan ma’qul. Chunki bunday lab bo’yoqlar yuzni qo’pollashtirib, qaritadi. Bundan tashqari, to’qrang bo’yoqlar lab atrofidagi ajinlarni bilintirib qo’yishi ham mumkin.
Yoshlar kiyimi. Shu narsa yodingizda bo’lsinki, yosh ko’rinish uchun yosh qizlar kiyadigan kiyimlarni kiyish shart emas. Bunday kiyimlar tashqi ko’rinishingizni yoshartirib ko’rsatish o’rniga, sizni noqulay axvolga solishi mumkin. Siz bunday tashqi ko’rinish bilan kulgiga qolishingiz xech gap emas. Shunday ekan, yosh ko’rinishga emas, yaxshi ko’rinishga intilish maqsadga muvofiq. Doim tanlayotgan kiyim-kechak va taqinchoqlaringiz har tomonlama sizga yarashishiga ishonch hosil qiling.
loading…