LATAKIYA — Suriyaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Latakiya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990y. lar urtalari). Oʻrta dengiz sohilidagi port. L. — Halab — Qamishli t. y. ning boshlan-gich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari z-di, un-t bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. Latakiya yaqinidan bitum olinadi. Latakiya qad. shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-a. da Latakiyani arablar bosib olgan. 1516 — 1918-y. larda Usmonli turklar, 1918 — 43 y. larda fransuzlar qoʻl ostida bulgan. 1943-y. dan Suriya tarkibida.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые