LASHKARGOH, Lashkari — Bozor — Jan. Afgʻonistonda joylashgan ulkan tarixiy-maʼmuriy majmua; gʻaznaviylar (10 — 12-a. lar) va gʻuriylar (12-a. oʻrtasi — 13-a. boshi) sulolasi sultonlari qarorgohi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 12-a. ga oid saroy va bogʻ-park inshootlari qoldikdari topilgan. Umumiy maydoni taxm. 164×95 m dan iborat. Majmua tarkibi Lashkargoh jan. da joylashgan bosh saroy (toʻrt tomoni ayvon b-n oʻralgan hovli sahni; bir necha zal, yotoqxonalar, xizmat xonalari alohida guruh boʻlib joylashgan; devoriy rasmlar, bezak qilib terilgan gʻishtlar), shuningdek, Lashkargohning markaziy va shim. qismida joylashgan 2 ta saroy, masjid, bogʻ koʻshklari, kaptarxona(kaptar minor), turar joy qoldiklaridan iborat.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые