LARSEV Vasiliy Grigoryevich

LARSEV Vasiliy Grigoryevich (1925.14.4, Qozogʻiston, Semipalatinsk viloyati Beshqayragʻoch tumani — 1989.12.9, Samarqand) , — adabiyotshunos. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1977). Filol. fanlari dri (1970), prof. (1973). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943—45). OʻzDUni tugatgan (1952). Shu un-tda f-t dekani oʻrinbosari, dekani (1956—63), rus adabiyoti kafedrasi mudiri. Samarqanddagi rus adabiyotshunoslik maktabining asoschilaridan biri. Oʻzbek adabiyoti, adiblari va ularning rus yozuvchilari bilan oʻzaro aloqalari, adabiy taʼsiri masalalari haqida asarlar («Zarafshon qoʻshiqlari», «Adabiy Samarqand», «Fan va oʻzbek poeziyasi» va b.) yaratgan. «Bahorni qarshilab» (1982) sheʼrlar toʻplami nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x