LAPIN Sherali (Serali) Munaytpasovich (1868, Oqmachit — 1919, Samarqand) — «Shuroyi ulamo» tashkiloti rahbarlaridan biri (1917—18). Toshkentdagi Turkiston oʻqituvchilar seminariyasini, Sankt-Peterburg unti yuridik fak-tini tugatgan (1904). Samarqand viloyati harbiy gubernatorligi mahkamasida tarjimon boʻlib ishlagan. 1895-y. Samarqandda uning 2 asari: «Ruscha-oʻzbekcha lugʻat» (4000 ta soʻz va oʻzbek tilining qisqacha grammatikasi b-n) va «Samarqand shaxri tarixiy yodgorliklaridagi yozuvlarning tarjimasi» (rus tilida) bosilib chiqqan. L. Goʻri Amir, Shoxizinda maqbaralari, Bibixonim jome masjidi, Bibixonim madrasasi, Shayboniy-xon daxmasi va b. meʼmoriy yodgorliklardagi yozuvlarni ilk marta rus tiliga tarjima qilgan. Markaziy rus matbuotida turkiy xalqlar tarixi, dini va madaniyati toʻgʻrisida ilmiy maqolalar eʼlon etgan. Turkistonda jadid — yangi usul maktablari ochish talabi bilan chiqqan. 1916-y. dagi qoʻzgʻolonlarda qatnashgan uzbek, qozoq, qirgʻiz va b. xalqlarning vakillarini sudda advokat sifatida oʻlim jazosidan himoya qilgan.
«Shoʻroi ulamo» tashkilotining Toshkent shoʻbasini boshqargan (1917—18). Samarqanddagi Shohizinda qabristoniga dafn etilgan.
Ad.: Mustafo Choʻqay oʻgʻli, Istiqlol jallodlari [1917-y. xotiralari], T., 1997; Aʼzamxoʻjayev S ., Turkiyeton Muxtoriyati, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917 — 1924-y.), T., 2002; Oʻzbekiston tarixi (1917-1991 i.), T., 2002. Qahramon Rajabov, Murodilla Haydarov.