LAO-SZI

LAO-SZI (xitoycha, aynan — keksa ustoz) (mil. av. 604, Chu podshoxligi, Xenan viloyati — Xitoydan tashqarida juda keksayib vafot etgan) — xitoy faylasufi Li Erning faxriy nomi. U daosizmga asos solgan. Konfutsiy b-n bir qatorda turadigan buyuk xitoy mutafakkiri hisoblanib, uni yoʻl va yaxshi fazilatlar haqidagi qad. xitoy risolasi — «Lao-szi» («Dao de szin») muallifi deb biladilar. Bu kitob qad. xitoy asarlariga Karaganda eng koʻp chet tillarga tarjima qilingan. Unda L.-S. Eaoni inson his-tuygʻulari bilan bilib boʻlmaydigan hamma narsaning asosi deb hisoblaydi. L.-S. taʼlimotida tabiatdagi barcha narsalar oʻzgarib turadi, lekin muayyan bosqichga erishgach, oʻzining aksiga qaytadi. Binobarin, kishilar xatti-harakat, intilish, kurashlardan voz kechishlari, ortiqcha sarf-xarajat, hashamatga yoʻl qoʻymasliklari, yashash tarzini esa oddiylik, soflik belgilashi lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x