LANSETNIKLAR (Branchiostoma, yaʼni Amphioxus) — bosh skeletsizlar kenja tipiga mansub xordalilar sinfi. Uz. 8 sm gacha, tanasi lansetsimon, shaffof; xordasi tanasining oldingi uchigacha yetadi. 7 turi bor. Tipik vakili lansetnik (Brachiostoma lanceolatum, yaʼni A. lanceolatus) moʻtadil va iliq suvli dengizlarda 10—30 sm chuqurlikda koʻmilib yashaydi; kumdan tanasining oldingi qismi chiqib turadi. Plankton bilan oziklanadi. Dum suzgichi lansetga oʻxshash (nomi shundan olingan). Terisi yalangʻoch (tangachalar bilan qoplanmagan). Dum suzgichidan boshqa suzgichlar boʻlmagani uchun faol harakatlanmaydi. Ogʻiz teshigi paypaslagichlar bilan oʻralgan. Koʻrish va eshitish organlari boʻlmaydi. Jabra yoriklari 100 juft. Terisi ostida joylashgan Gess koʻzchalari yordamida yorugʻlikni sezadi. Ayrim jinsli. Uvildirigʻini suvga tashlaydi, tuxumlari suvda urugʻlanadi. Lichinkasi erkin suzib yuradi. Lansetniklarni ilk bor 1774-y. da rus olimi P. S. Pallas topgan va uni mollyuska (Umax lanceolatus) sifatida tavsiflangan. A. O. Kovalevskiy L. ni eng tuban tuzilgan xordali hayvonligini koʻrsatib bergan. Lansetniklar koʻpchilik dengizlarda, jumladan, Qora dengizda ham uchraydi. Lansetniklar sanoat ahamiyatiga ega emas. Mahalliy xalqlar isteʼmol qilishadi. Lansetniklar xordalilarning kelib chiqishini tushuntirishda nazariy ahamiyatga ega.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые