LANGAR KONI — Jan. Nurota togʻlarining Oqtov granitsimon massivining gʻarbiy va jan.-gʻarbiy kontakt zonasida joylashgan volfram va vollastonit koni. Langar koni skarnli-rudali konlar turiga mansub. Skarnli zonalarning uz. 30—500 m, qalinligi 0,1 — 35 m, chuq. 80—200 m. Skarnlarda volfram va vollastonitdan tashqari, piroksen, granit, epidot, vezuvian va b. minerallar ham uchraydi. Langar skarnlarining sheyelitta boiligini ilk bor 1934-y. prof. N. A. Smolyaninov aniqlagan. 1959-y. dan boshlab sheyelit-molibden koni sifatida foydalanilgan, keyinroq rudali maydonning pegmatitli jinslaridan dala shpati konsentrati olingan. Kontakt metamorfizmi taʼsirida choʻkindi jinslar rogovik va ohaktosh-silikatli rogoviklarga aylangan. Ushbu jinslarning kontaktiga Langarning skarnli-rudali jinslari ham toʻgʻri keladi. Sheyelit va molibdenit sanoat ahamiyatiga ega komponentlar hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые