LANDSHTEYNER

LANDSHTEYNER (Landshtayner; Landsteiner) Karl (1868.14.6, Vena yaqinidagi Baden — 1943.26.6, NyuYork) — avstriyalik immunolog, immunogematologiya asoschilaridan. Vena (1911-y. dan) va Rokfeller (Nyu-York, 1922-y. dan) un-tlari prof. 1922-y. dan AQSHda. Odamning qon gruppalarinm (1900, Ya. Yanek bilan birga) va rezus-faktorni (1940, A. Viner bilan hamkorlikda) kashf etgan, P Levin bilan odam qoni eritrotsitlaridagi 2 antigenni aniklagan. Zahm diagnostikasini, 1909-y. da E. Popper bilan xamkorlikda poliomiyelit infeksion kasallik ekanligini tadqiq qilgan. Uning kompleks antigenlar borasidagi ilmiy izlanishlari immunologiya fani rivojiga salmokli hissa qoʻshdi. Nobel mukofoti laureati (1930).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x