LAGUNA (lot. Lacus — koʻl) — 1) tor boʻgʻoz (yoki boʻgʻozlar) orqali dengiz bilan tutashib turadigan yoki kambar quruqlik b-n dengizdan ajralgan sayoz tabiiy suv havzasi. Dengiz bilan uncha yaxshi bogʻlanmaganligi yoki undan butunlay ajralib qolganligi uchun Laguna suvining shoʻrligi va undagi choʻkindilarning xususiyati, oʻsimlik va hayvonlari dengizdagidan boshqacharoq boʻladi. Laguna Meksika qoʻltigʻi, Qora dengiz (Dunay da-ryosi quyiladigan joydan shim. da), Kaspiy dengizi (sharqiy sohili), Saxalin, Kamchatka, Chukotka ya. o. va b. joylarda uchraydi;
2) dengizning materik yoki orol bilan marjon riflari oʻrtasidagi, shuningdek, atoll ichidagi qismi.