LABRADOR

LABRADOR — Shim. Amerikaning shim.-sharqiy qismidagi yarim orol. Kanada hududi. Atlantika okeani, Labrador dengizi, San-Lavrentiy qoʻltigʻi, Gudzon qoʻltigʻi va Gudzon boʻgʻozi bilan oʻralgan. Mayd. 1,6 mln. km2. Tokembriy jinslaridan tashkil topgan. Labrador geologik jihatdan Kanada qalqonining bir boʻlagi, orografik jihatdan Lavrentiy qirlarinit sharqiy qismi. Tepalik koʻp (bal. 200—800 m), antropogen muzlarining izi saqlangan.

Sharqiy qismi balandroq (Torngat togʻi, 1676 m). Markaziy qismining bal. 500—800 m. Iqlimi subarktika va moʻtadil iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi jan.-sharqida —12° dan shim.-gʻar-bda —28° gacha, iyulniki 7—18°. Yillik yogʻin 250—1200 mm. L hududining katta qismi toʻng yerlar, koʻl va botqoqlik koʻp. Oʻsimliklari oʻrmon-tundra hamda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tilogʻochli siyrak oʻrmonlardan iborat. Jan. da tayga oʻrmonlari, yaylovlar bor. Foydali qazilmalardan temir, titan va nikel rudalari olinadi. Moʻynali hayvonlar va baliq ovlanadi. Asosiy aholi punktlari: Set-Il, Sheffervill.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x