LABORATORIYA

LABORATORIYA (lot. laboro — ishlayman) — ilmiy muassasa, vazirlik, korxona, oʻquv yurti tarkibidagi ilmiy, i. ch.-nazorat tajribalari yoki oʻquv mashgʻulotlari olib boruvchi mustaqil muassasa yoki boʻlim, boʻlinma. Oliy oʻquv yurtlarida Laboratoriya 3 turga ajratiladi: oʻquv Laboratoriya (ayrim oʻquv fanlaridan) — talabalar bilan Laboratoriya mashgʻulotlari olib boriladi; muammoli Laboratoriya — asosiy fanlar boʻyicha yirik ilmiy-texnikaviy izlanish masalalari hal qilinadi; soha Laboratoriya — xalq xoʻjaligining muayyan tarmogʻidagi dolzarb masalalar hal etiladi.

Muammoli va soha Laboratoriya lari korxona, i. t. muassasalari va b. tashkilotlarda ham bor. I. ch.-nazorat Laboratoriyalari davlat va jamoat tashkilotlari tarkibida tuzilib, i. ch. ga oid tayin masalalarni tekshiradi. Mas, i. ch. xom ashyosi va tayyor mahsulotni nazorat etish Laboratoriya (z-dlarda), klinik Laboratoriya (davolash muassasalarida), kriminalistik L. (tergov va sud organlarida), agronomik L. (q. x. tashkilotlarida).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x