L — oʻzbek kirill alifbosining oʻn uchinchi harfi. Sonor, sirgʻaluvchi, jarangli, til oldi undoshi. Soʻz boshi (lab, lavlagi), oʻrtasi (bola, baliq, buloq) va oxiri (koʻl, qoʻl)da kela oladi. Talaffuzda bu tovushning oldingi qator unlilar taʼsirida yumshoqroq, orqa qator unlilar taʼsirida esa qattiqroq varianti uchraydi (qoʻl — qol, hal — hol). Bu tovush sof oʻzbekcha soʻzlarning boshlanishida deyarli uchramaydi. Baʼzi soʻzlar talaffuzida oʻrtada kelgan bu tovush tushib qoladi (boʻlsa — boʻsa; olgan — ogan va b.). Oʻrxun-Yenisey, soʻgʻd, turkiy (uygʻur) yozuvlarida, arab, lotin alifbosi asosidagi yozuvlarda oʻziga xos shakllarga ega boʻlgan.
L
от admin