KYUVYE

KYUVYE (Cuvier) Jorj (1769.23.8, Monbelyar, Elzas — 1862.13.5, Parij) — fransuz tabiatshunosi. Parij FA (1796-y. dan) va Fransiya akademiyasi (1818-y. dan) aʼzosi, davlat arbobi. Kyuvye solishtirma anatomiya, paleontologiya va hayvonot dunyosi sistematikasi b-n shugʻullangan. Kyuvye hayvonlar tanasi, xususan, nerv sistemasi tuzilishining oʻxshashligi asosida hayvonot dunyosi shajarasi toʻgʻrisidagi taʼlimotni yaratdi. Organlar tuzilishini oʻrganishda solishtirma anatomik prinsipni qoʻlladi; korrelyatsiya hodisasini ochdi, koʻplab qirilib ketgan hayvonlarni tavsiflab berdi; zoologiyaga «tip» tushunchasini kiritdi. K. Yerda hayotning rivojlanishi borasida oʻzining metafizik katastrofalar nazariyasini ilgari surdi. Tirik tabiatning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi J. Lamark va organizmlar tuzilishining oʻxshashligi toʻgʻrisidagi Sent-Iler taʼlimotlariga qarshi chikdi. Kyuvye ishlari evolyutsion taʼlimotnn yaratish uchun asos boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x