KYURI NUQTASI (Kyuri temperaturasi) (9 yoki G.) — fazaviy oʻtishlar nuqtasiga yaqinlashgan sari modda holatining oʻzgara borishi bilan xarakterdanadigan 11-tur fazaviy oʻtishlar t-rasi; modda bu t-ra G da sifat jihatidan yangi xossaga ega boʻladi. T — Kyuri nuqtasi deyilib, fazaviy oʻtishlarni ferromagnepgiklarda mukam-mal ravishda oʻrgangan va 1895-y. da Ts=770° t-ra mavjudligini ochgan P. Kyuri sharafiga qoʻyilgan. Kyuri nuqtasidan past t-rada ferromagnetiklar spontan (oʻz-oʻzidan) magnitlanganlik xossasiga ega boʻladi. Ferromagnit qizdirilganda va Kyuri nuqtasiga yaqinlashganda atomlarning issiqlik harakati mavjud magnit tartibni, yaʼni atomlarning magnit momentlarining oriyentatsiyasini buzib yuboradi. G dan yuqori t-ralarda ferromagnetikning spontan magnitlanganligi yoʻqoladi, ferromagnetik paramagnetik qolatda oʻtadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые