KXMER TILI — mon-kxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vyetnam va Tailandsa ham tarqalgan. Kxmer tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxm. 8 mln. kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yoʻq. Ikkita lahja: shim.-gʻarbiy va jan.-sharqiy lahjalar oʻzaro farklanadi. Hoz. kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos boʻlgan. Kxmer tilining shim.-gʻarbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, jan.-sharqiy va Vyetnamdagi lahjalarida vyetnam tilining taʼsiri kuchli. Kxmer tili jan. hind alifbolaridan biriga asoslangan boʻgʻin-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qoʻshimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud.
Ad.: Gorgoniyev Yu. A., Grammatika kxmerskogo yazыka, M., 1966.