KVANT OʻTISHLAR — kvant sistemalar (atomlar, molekulalar va b.) ning bir holatdan ikkinchisiga oʻz-oʻzidan (spontan) yoki tashqi taʼsirlar natijasida majburiy oʻtishi. Fotonlar bir energetik sathdan ikkinchisiga oʻtayotganda nurlanishi yoki yutilishi, radioaktiv yadrolarning a, r u-yemirilishi Kvant oʻtishlarga misol boʻla oladi. Kvant oʻtishlarda sistemaning holatini ifodalaydigan bitta yoki bir nechta kvant sonlar oʻzgaradi. Kvant oʻtishlar nurlanishli va nurlanishsiz boʻladi. Nurlanishli Kvant oʻtishlarda sistema elektromagnit nurlar (ultrabinafsha yoki infraqizil nurlar, rentgen nurlar yoki gamma-nurlar) chiqaradi yoki yutadi. Nurlanishsiz Kvant oʻtishlarda sistema boshqa sistemalar bilan taʼsirlashgandagina energiya beradi yoki oladi. Mas, atomlar yoki molekulalar oʻzaro yoki elektronlar bilan toʻqnashgandagina uygʻonishi yoki energiyasini yoʻqotishi mumkin. Kvant oʻtishlar sistemalarni oʻrganishda muhim hisoblanadi. Shuning uchun kvant mexanikada Kvant oʻtishlar energiyasini hisoblab topish muhim masalalardan biridir.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые