KVADRUPOL (lot. quadrum — toʻrtburchak, kvadrat va polos — qutb) — ishoralari musbat va manfiy, miqdor jihatdan bir xil boʻlgan zaryadlarning kvadrat shakl uchlariga ketma-ket joylashishidan tashkil topgan sistema. K. dipol momentlari teng, zaryad ishoralari qarama-qarshi va bir-biridan maʼlum masofada joylashgan ikkita dipol (zaryad) dan iborat. Kvadrupolning asosiy xarakteristikasi Kvadrupol momentdir. Kvadrupol dipol momenti Q=2e/a, bu yerda ye — elektr zaryad, / — dipollar orasidagi masofa, a—dipol oʻlchami. Kvadrupoldan uzoqlashgan sari, bunday sistemaning elektr maydon kuchlanganligi masofaning toʻrtinchi darajasiga teskari proporsional holda kamayib boradi: Ј■= I/W. K. moment dipol momenti nolga teng boʻlgan atom sistemalarda, molekulyar birikmalarda hosil boʻladi. Kvadrupol taʼsir 1/L5 kattalik, dipol taʼsir esa 1/L6 kattalik bilan ifodalanadi. Shuning uchun Kvadrupol taʼsirda energiya kuchli boʻladi. Kvadrupol momentning vaqt boʻyicha oʻzgarishi natijasida Kvadrupol nurlanish vujudga keladi. Kvadrupol tushunchasi kvant mexanika, yadro fizikasi, elektronika, termodinamikada keng qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые