KUZNESK KOʻMIR HAVZASI

KUZNESK KOʻMIR HAVZASI, Kuz base — Rossiyadagi yirik koʻmir havzalaridan biri. RFning Kemerovo viloyatida Kuznesk soyligi hududida joylashgan. Umumiy mayd. 70 ming km2, shundan koʻmir qatlamliligi 26,7 ming, km2. Geologik tuzilishiga koʻra, yuqori paleozoy, mezozoy va kaynozoy erasi choʻkindi jinslaridan tashqil topgan. Koʻmirli yotqiziqlar toshkoʻmir, perm, trias, yura, boʻr davrlarida hosil boʻlib, qavatmaqavat joylashgan qumtosh, alevrolit, argillit va koʻmir qatlamlaridan iborat. Yuqori toshkoʻmir davri yotqiziqlari ostrogek svitasi deb atalib, unda 3 ta koʻmir qatlami, quyi perm balaxonsk svitasida 64 ta koʻmir qatlami bor. Yuqori perm yotqiziqlari esa 3 svitaga boʻlinadi (pastdan yuqoriga): Kuznesk svitasida 6 koʻmir qatlami, ilinsk svitasida 64 koʻmir qatlami va yeruvakovsk svitasida 105 koʻmir katlami bor. Quyi yurakonglomerat svitasida 19 koʻmir qatlami mavjud.

Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan koʻmir qatlamlari faqat balaxonsk, yeruvakovsk va konglomerat svitalarida (qalinligi 10—15 m) uchraydi. Koʻmirning tarkibida 4—9% kul, 0,3—0,65% oltingugurt, 4—45% uchuvchi gazlar bor. Balaxonsk svitasidagi koʻmir koks sanoati va energetikada ishlatiladi. Konglomerat svitasidagi koʻmirdan esa energetika va kimyo sanoatida foydalaniladi. Kuznesk havzasini qurshab olgan togʻ tizmalarida temir va polimetall konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x