KUVASHIR — Kuril o. larining eng jan.-gʻarbidagi orol. RFning Saxalin viloyati tarkibida. Kuvashir, Yekateriva, Izmeva va Jan. Kuril boʻgʻozlari orasida joylashgan. Mayd. 1550 km2, oʻz. 123 km, eni 4—30 km. Eng baland joyi 1819 m. Harakatdagi vulkanlar (Tyatya) va issiq buloqlar bor. Vulkaniq va kristall jinslardan tarkib topgan. Qoraqaragʻayoqqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Kuvashirda baliq konserva korxonalari bor. Eng katta aholi punkta — Yujno-Kurilsk porti. Kuril qoʻriqxonasi bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые