Post Views:
305
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika kutubxonasi 1936 yili To‘rtkul (Petro Aleksandrovsk)da shahar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 30480 nusxani tashkil etgan. Shu yili kutubxona Nukus shahriga ko‘chirilgan va Respublika kutubxonasiga aylantirilgan. 1936-41 yillarda Daniyar Allambergenov kutubxonaga rahbarlik qilgan.
Kutubxonada 1941 yildan buyon 586 nomdagi gazeta va jurnallar, shuningdek, XIX asrga oid 200 ga yaqin nodir adabiyotlar mavjud.
Kutubxona Kitob saqlash, To‘kislash va qayta ishlash, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Bibliografik ma’lumot berish, Huquqiy axborot bo‘limlari hamda O‘lkashunoslik, Chet el adabiyotlari, Kitob almashish, Depozitar saqlash sho‘’balaridan iborat.
2003 yil aprel oyida O‘OJIKJ homiyligida «Kompyuter o‘qitish markazi» tashkil etilgan. IRBIS dasturi bo‘yicha 2000 dan ortiq adabiyotlarning elektron katalogi tuzilgan.
Bugungi kunda kutubxona fondida257 ming nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanmoqda.
Kutubxona Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 443 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.
O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI
Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004
https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-qoraqalpog-iston-respublikasi-kutubxonasi/