Post Views:
730
Nodira nomidagi Namangan viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1918 yilda Namangan shahrida paxta zavodi qoshida 540 nusxa kitob fondi bilan ish faoliyatini boshlagan. 1929 yilga kelib sobiq Dzerjinskiy ko‘chasidagi binoga ko‘chib o‘tgan. 1941 yilda kutubxona viloyat kutubxonasiga aylanti- rilgan. 1980 yilda kutubxona uchun 500 ming nusxa kitob fondiga mo‘ljallangan maxsus 4 kavatli bino qurilib foydalanishga topshirilgan va shahar ijroiya qo‘mitasining qaroriga binoan kutubxonaga shoira Nodirabegim nomi berilgan.
Kutubxonada XVII–XVIII asrlarda nashr qilingan kitoblar, 1940 yildan buyon chiqarilgan gazeta va jurnallar saqlanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda kutubxonada 9 ta bo‘lim, ya’ni, Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Badiiy va san’atga oid yangi adabiyotlar, Iqtisodiyot, Texnika, Qishloq xo‘jaligi, Tibbiyot bo‘yicha adabiyotlar, Ilmiy-metodik, Matbuot nashrlari, Axborotbibliografiya va Huquqiy axborot markazi mavjud.
Hozirgi kunda kutubxona fondida 484519 nusxadan ortiq adabiyotlar saqlanadi. Kutubxona viloyatdagi 408 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.
Manzili: 716000, Namangan shahri, N.Namangoniy ko‘chasi, 24-uy, tel.: (369) 226-48-32, 223-08-20, faks: (369) 226-17-87, ye-mail: namlib@uzpak.uz, namlib@intal.uz
O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI
Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004
https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-nodira-nomidagi-namangan-viloyat-universal-ilmiy-kutubxonasi/