Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi


Post Views:
187

Namangan viloyat bolalar kutubxonasi 1933 yilning 3 dekabrida tashkil etilgan. Kutubxonaning tashkilotchisi va mudiri A.S.Nikochenko bo‘lgan.

Dastlab kutubxona fondi 300 nusxadan iborat bo‘lgan.

1945 yilgacha kutubxona sobiq pionerlar uyiga qarashli bo‘lgan.

1946 yilda Namangan shahar ijroiya qo‘mitasi qoshida madaniy-oqartuv bo‘limi tashkil etilgan va kutubxona madaniyat bo‘limiga o‘tkazilgan.

1969 yilning fevral oyida kutubxonaga viloyat bolalar kutubxonasi maqomi berilgan. T.Chichkina kutubxonaga rahbar etib tayinlangan.

1983 yilda  kutubxona uchun 2 qavatli bino qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Kutubxonada Kitob saqlash, Kutubxona fondini to‘ldirish, Adabiyotlarga ishlov berish va kataloglashtirish, Maktabgacha yoshdagi va 1–4-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, 5–9-sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Axborot-bibliografiya bo‘limlari mavjud.

Hozirgi kunda kutubxona fondi 117900 nusxadan iborat.  Kutubxona viloyatdagi 27 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 716000, Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 1-uy, tel.:  (369)  226-29-35

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-namangan-viloyat-bolalar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x