Kutubxonalar. Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi


Post Views:
421

Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi Navoiy viloyat hokimining 1992 yil 27 maydagi PX-05/70 sonli «Viloyat birlashgan kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 1992 yil iyun oyida viloyat bolalar kutubxonasi bilan birlashtirilgan holda tashkil etilgan.

Dastlab kutubxona fondi 271495 nusxadan iborat bo‘lgan. O‘sha davrda kutubxonaga Galina Kovilina rahbarlik qilgan.

Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy metodik, Bibliografiya, Ma’muriy va xo‘jalik bo‘limlari mavjud.

2001 yilda viloyat birlashgan kutubxonasi tarkibidan viloyat bolalar kutubxonasi ajratilib alohida tashkil etilgan. 2001 yil aprel oyidan boshlab viloyat kutubxonasi qoshida Huquqiy axborot markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Kutubxonada hozirgi kunda 203289 nusxadagi adabiyotlar saqlanadi.

Kutubxona viloyatdagi 252 ta ommaviy kutubxonalarga metodik rahbarlik qiladi.

Manzili: 706800, Navoiy shahri, Guseva ko‘chasi, 2-uy

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI

Metodik ma’lumotnoma
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/kutubxonalar-abdulla-qodiriy-nomidagi-navoiy-viloyat-universal-ilmiy-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x