KURVIMETR (lot. curvus — egri chiziq va… metr) — topografik chizmalar, xaritalar va grafik hujjatlarda egri yoki ilonizi chiziqlar kesmalarini oʻlchaydigan asbob. Shkalasi dumaloq va toʻrtburchak shaklda yasaladi. Unda shkaladan tashqari tana (korpus), dasta, mil va oʻlchanadigan chiziqlar ustidan yurgiziladigan gʻildirakchalar boʻladi. Gʻildirakcha oʻlchanadigan egri yoki ilonizi chiziq ustida yurgizilganda Kurvimetr shkalasida chiziq kesmasining uzunligi (mm yoki sm da) koʻrinadi (gʻildirakcha toʻliq bir marta aylanganda shkala 100 sm masofani koʻrsatadi). Kurvimetr shkalasi qoʻzgʻalmas siferblatli va qoʻzgʻaluvchan milli yoki indeksli, qoʻzgʻaluvchan siferblatli va qoʻzgʻalmas indeksli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Kurvimetr davlat miqiyosida standartlashtirib qoʻyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые