KURORTOLOGIYA (kurort va…logiya) — tibbiyotning bir boʻlimi; tabiiy shifobaxsh omillar (iqlimiy, balneologik va b.), ularning organizmga taʼsirini hamda ulardan davolash-profilatika maqsadlarida foydalanish usullarini oʻrganadi (q. Balneologiya, Iqlim bilan davolash, Balneoterapiya, Balchiq bilan davolash). K. sanatoriy va kurortlar ishini tashqil qilish, ommaviy dam olish, kurortbop joylarni izlash va tanlash masalalari bilan ham shugʻullanadi. Xuddi tabiiy fizik omillardagidek (mas, karbovat angidridli, vodorod sulfidli va b.) sunʼiy muhit barpo etish, fizioterapiya usulidan foydalanish ham Kurortologiya vazifasidir. Oʻzbekistonda Kurortologiya i. t. in-ti (1919) va 1920-y. da Oʻrta Osiyo un-tida tibbiyot f-ti tashqil etilgan vaqtdan boshlab kurort joylarni muntazam oʻrganishga kirishildi, mahalliy mineral suvlar, balchiqlar, kuyosh nuri va b. tabiiy omillarning odam organizmiga taʼsiri klinik hamda eksperimental jihatdan tadqiq qilindi. Hoz. OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. in-ti hamda uning shoxobchalari (Termiz, Namangan sh. da) Kurortologiya sohasida faoliyat koʻrsatadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые