KUNMIN — Xitoyning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Yunvan provinsiyasining maʼmuriy va iqtisodiy markazi. Dyanchi koʻlining shim. sohilida, 1892 m balandlikda. Aholisi 3,89 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, yengil sanoat, qurilish materiallari i. ch. korxonalari, GES va issiqlik elektr styalari bor. Qadimdan hunarmandchilikda gilam toʻqiladi. FA filiali, un-t va b. bor. Kunmin yaqinida koʻmir, temir rudasi, mis, apatit olinadi. Shaharga 1-a. da asos solingan va oʻsha davrda Szyanlin deb atalgan. 17-a. oʻrtalaridan Yunvan provinsiyasining maʼmuriy markazi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые