KUNERSDORF JANGI

KUNERSDORF JANGIYetti yillik urush (1756—63) davridagi yirik janglardan biri (1759-y. 1 avg.). Frankfurt-Oder yaqinidagi Kunersdorf qishlogʻi yaqinida general P. S. Saltikov qoʻmondonligi (ruslardan 41 ming kishi, avstriyaliklardan 18,5 ming kishi qatnashgan, 248 toʻp) ostidagi Rossiya-Avstriya qoʻshinlari Fridrix II boshchiligidagi prus armiyasi (48 ming kishi, 200 toʻp)ni magʻlubiyatga uchratishgan. Prussiya 19 ming kishi va 172 toʻp, ittifoqchilar esa, 15 ming kishini yoʻqotgan. Prussiya haloqat yoqasiga kelib qolgan, biroq Rossiyaning kuchayib ketishini istamagan Avstriya faollik koʻrsatmagan, vatijada Fridrix II yangidan kuch toʻplab urushni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x