Kumush xosiyati va xususiyatlari

DO`STLARGA ULASHING:

XVIII asrdan boshlab an’anaviy tibbiyot sohasida kumush bilan ovqat hazm qilish va asab tizimi kasalliklari davolangan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib esa uning asosida tayyorlangan ko‘plab samarali dori-darmonlar ishlab chiqarilmoqda.
Jumladan, kumush tarkibli dori vositalari yordamida ko‘z, tomoq, to‘qimalar yarasi va yallig‘lanishi, shuningdek, saraton kasalliklari samarali davolanmoqda. Olimlar inson uchun xavfli bo‘lgan difteriya (bo‘g‘ma), terlama yoki boshqa xastaliklarni qo‘zg‘atuvchi infeksiyalar (viruslar, bakteriyalar) kumush plastinaga qo‘yilsa, uzoq yashay olmasligini aniqladi.

Kumush ionlari zichligining juda kam miqdorining bakteritsid xususiyati mikrob fermentlari faoliyatini izdan chiqarib, uning rivojlanishini to‘xtatib qo‘yar ekan. Ya’ni, bu modda ko‘plab fermentlar tarkibini tashkil etuvchi aminokislota bilan birikib, mikrobning me’yoriy ishlashi uchun to‘sqinlik qiladi.

Mis yoki simob kabi og‘ir metallarning ionlari ham xuddi shunday xususiyatga ega. Biroq, ular zaharli va odam tanasidan chiqib ketmaydi. Organizmga kiritilgan ortiqcha kumush esa 1-2 haftada chiqib ketadi va undagi miqdor me’yorlashadi.
Leykotsit (oq qon tanacha)lari kumush ionlarini yutib, infeksiya o‘chog‘iga olib boradi. Oqsil va kumush birikmasi patogen mikrob, zamburug‘ yoki viruslarni nobud etuvchi xususiyatga ega. Bu birikma bir vaqtning o‘zida to‘qimani qayta tiklaydi. Shuning uchun ham yaralar mavjud bo‘lsa yoki tana lat yeganda juda foyda beradi.
Kumushning bakteriyalarga nisbatan qarshi qo‘llanilishi juda samarali. Ushbu modda zararli mikroorganizmlarni nobud qiladi. Jumladan, karbol kislotasiga nisbatan 1750 marta, xlor, furatsillin, margansovkaga nisbatan 3,5 marta samaraliroqdir. Agar antibiotiklar 5-10 turdagi bakteriyalarga qiron keltirsa, kumush 650 turdagi bakteriyani nobud qiladi. Shuningdek, organizmda foydali mikroorganizmlar saqlanib qoladi. Eng asosiysi, bakteriyalar dorilar ta’siriga moslashganligi kabi kumush ta’siriga moslasha olmaydi.
Organizmga uzoq vaqt davomida ushbu moddaning kam miqdorda tushishi g‘ayrioddiy kasallik – argiriyani keltirib chiqaradi. Ya’ni, to‘qimalarda, turli tana a’zolarining kapillyar (qiltomir)lari devorlarida sekin-sekin metall ko‘rinishida to‘planadi. Teri va shilliq qavatda yig‘ilgan kumush kulrang-yashil yoki havorang tovlanadi. Argiriyani shartli ravishda kasallik deyish mumkin. U hech qanaqa og‘riq bermaydi, noxushlik tug‘dirmaydi. Yaxshi tomoni – argiriyaga chalingan kishilar infeksion kasalliklar bilan og‘rimaydi. Chunki kumush bilan “to‘yingan” organizm barcha kasallik keltirib chiqiruvchi bateriyalarni nobud qiladi. Shuningdek, bugungi kunda kumush taqinchoqlarga nisbatan nafaqat bezak sifatida, balki tibbiy tomondan ham yondashish lozim. Noan’anaviy va xalq tabobatida kumushdan yasalgan taqinchoqlarning shifobaxshligi haqida ko‘plab fikrlar keltirilgan. Xususan, kumush zanjir va uzuklar arterial qon bosimini pasaytiradi. O‘smirlarda husnbuzar va donachalardan qutilishda yordam beradi. Quloqqa taqilgan kumush zirak miya faoliyatini yaxshilaydi va diqqatni jamlaydi. Chap qo‘lga taqilgan bilakuzuk isitmani tushirishda yordam beradi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun chap qo‘l nomsiz barmog‘ingizda kumush uzuk taqib yuring. Bir-ikkita kumush uzuk sakkiz soat solib qo‘yilgan bir litr suvni nafaqat ichish mumkin, balki yuvinganda terini yoshartiradi. Yurak qon-tomir, urologik, asab tizimi, ko‘rish, ko‘p terlash va migren kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga kumush taqinchoqlarni taqib yurish tavsiya etiladi. “Uchinchi ko‘z” nuqtasiga kumush tangani o‘n daqiqa qo‘yish orqali bosh og‘rig‘ini tuzatish mumkin. Shuningdek, bu modda ishlatilgan taqinchoqlar sog‘liq haqida xabar beruvchi indikator hisoblanadi. Agar taqinchoq qorayib, rangini o‘zgartirsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/kumush-xosiyati-va-xususiyatlari/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x