KUMUSH NITRAT

KUMUSH NITRAT (lyapis) , AgNO3 — rangsiz kristall modda. Suyuklanish t-rasi 208,5°, zichligi 4,352 g/sm3, suvda (20° da) 68,3% eriydi. Qizdirilganda (300°) kumush, azot, kislorod va azot oksidlariga parchalanadi. Kumushga nitrat kislota taʼsir ettirib olinadi. Yorugʻ sezgir fotomateriallar tayyorlash uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Kumushning boshqa birikmalarini olishda, kimyoviy analizda, organik kimyoda oksidlovchi sifatida, koʻzgu i. ch. da, galvanik kumush yugurtirishda, tibbiyotda mikrobga qarshi va kuydiruvchi modda sifatida eritmasi, mazi, tayoqchalari yara-chaqaga surtiladi, eroziya, traxoma va konyunktivitda ishlatiladi. 2% li eritmasi yangi tugʻilgan bolalarni blennoreyadan saqlash uchun koʻziga tomiziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x