KUMANA — Venesuelaning shim.sharqiy qismidagi shahar, Mansanares daryosining Karib dengizidagi Karyako qoʻltigʻiga quyilish joyidagi port. Sukre shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 232 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). Baliqchilik sanoatining yirik markazi. Oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Q. x. (kakao, kofe, sitrus mevalar) r-nining savdo markazi. Shaharga 1520-y. da asos solingan. Sharqiy un-t, kutubxona bor. Turizm rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые