KULTIVATSIYA (lot. cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — ekin qator oralarini, shuningdek, ilgari haydab qoʻyilgan yerni turli mexanizmlar, asosan, kultivator yordamida yumshatish. Kultivatsiyada yer qatlami agʻdarilmay, yuza yumshatiladi va shu bilan bir vaqtda begona oʻtlar ildizi qirqiladi. Kultivatsiya natijasida tuproqning havo, suv rejimi yaxshilanadi va undagi mikrobiologik jarayonlar kuchayadi. Har xil tipdagi ish organlari boʻlgan tirkama va oʻrnatma kultivator b-n dala yeppasiga hamda ekin kator oralari, kvadrat-uyalab ekilgan ekinlar esa uzunasiga va koʻndalangiga Kultivatsiya kilivadi. Ekin qator oralarini yumshatish, odatda, urugʻ unib chiqib, qator bilinganidan soʻng boshlanadi.
Ekin qator oralarini Kultivatsiya qilishda begona oʻtlar yoʻqotiladi, tuproqning mayda kesakcha holga kelishi natijasida nam uzoq, muddat saqlanadi, shoʻr yerdarda esa zararli tuzlar koʻtarilishining oldi olinadi, tuprokda issiqlik va havo almashinishi taʼminlanadi; ekinning iddizlari oziq moddalar va nam b-n doimiy taʼminlanib turishi uchun sharoit yaratiladi. Ertagi Kultivatsiya tuproq ustki qatlamining yaxshi qizishini va qurishini (ayniqsa, yogʻin-sochin koʻp boʻlgan yillari, shuningdek, yer osti suvi yaqin joylashgan sernam yerlarda) taʼminlaydi; oʻsimlikning ildiz shrishi kasaliga chalinishini kamaytirishga sharoit yaratadi. Kultivatsiya tuproq yetilganda boshlanadi, agar Kultivatsiya 3—5 kun kechikib oʻtkazilsa, kesak koʻchadi, nam bugʻlanishi kuchayadi. Mac, gʻoʻza vegetatsiya davrida (chigit unib chiqqandan boshlab) 4—7-marta (har sugʻorishdan keyin yer yetilishi b-n) Kultivatsiya qilinadi. Gʻoʻza qator oralarining sifatli ishlanishi koʻp jihatdan kultivator ish organlarini toʻgʻri tanlash va ularni oʻrvatishga bogʻliq. Oʻsimlik rivojlanish davrining boshida goʻzalarni Kultivatsiya qilishda kultivatorning chetki ish organlari 6—8 sm, qatorlarning oʻrtasini yumshatadiganlari esa 12—15 sm botadigan qilib oʻrnatiladi; ikkala holda ham 10—12 sm kenglikda himoya zovasi qoldiriladi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi Kultivatsiya vaqtida, yaʼni goʻzalarning boʻyi 25—30 sm ga yetguncha himoya zovani yumshatish uchun POP markali rotatsion yulduzchalardan foydalaniladi. Oʻsimlikning zararlanishi hamda mevasi toʻkilib ketishini kamaytirish maqsadida oxirgi Kultivatsiya egat olish va chekanka qilish bilan qoʻshib olib boriladi. Ziyomiddin Artukmetov, Abdurahim Ermatov.