KULTAPOʻSHAK, kulta — ayollarning bosh kiyimi. Boshga kiyiladigan dumaloq doʻppi shaklidagi va orqa to-moni soch oʻrimi oʻtkaziladigan yengchaga oʻxshash uzun (dum) qismlardan ibo-rat. Matodan avra-astarli qilib tay-yorlangan, turli xil choklarda rang-barang kashtalar tikib bezatilgan. Kultapoʻshakning kizak qismi enli, peshova va yeng qismining chetlariga jiyaklar tu-tilgan. Yoshlar kiyadigan Kultapoʻshak rangdor, gulli matodan, qariyalar kiyadigani odmiroq (kul-rang, koʻk, qora kabi) matodan tay-yorlanadi. Buxoro, Samarqandda yoʻr-ma, iroqi choklarda kashta tikib bezatilgan Kultapoʻshaklar mu-zeylarda saqlanadi.
Kultapoʻshak (zardoʻzi, 19-a. 2-yarmi).