KUKERSIT

KUKERSIT — Boltiqboʻyi havzasining yonuvchi slanetsi. Yaxlit yoki pli-tasimon teksturaga, gil-karbovatli va sapropelitli tarkibga ega boʻlgan qiz-gʻish-qoʻngʻir rangli togʻ jinsi. Undagi organik moddalar (kerogen) miqdori 25 dan 65% gacha. Mikroskop ostida paleobotaniq M. D. Zalesskiy tomonidan qad. koʻk-yashil suvoʻtlari deb nomlangan oval shaklidagi 0,01 — 0,08 mikron oʻlchamdagi koʻplab tanachalar koʻza-tiladi. Sifati boʻyicha Kukersit dunyodagi yonuvchi slaneslar orasida eng yaxshisi sanaladi. Yonuvchi slaneslar muhim ki-myoviy va energetik xom ashyo hisobla-vadi. Ulardan organik sintezda, far-makologiyada, yoqilgʻi-moylash mahsu-lotlarini i. ch. da foydalaniladi. Shuningdek, ularda reniy, molibden, vanadiy kabi bir qancha mikroelemen-tlar toʻplangan. Yonuvchi slaneslar Oʻzbekistonning jan. da turon va paleogen yotqiziqlarida ham mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x