KUIISH

KUIISH (qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarda) — quyosh nurining toʻgʻri tushishi (oftob urishi) yoki ob-havoning keskin almashinuvi (issiq urishi, issiqga chalinishi) taʼsirida yuzaga keladigan shikastlanish; oʻsimliklarning zamburugʻlar (mas, mo-nilioz kasalligini paydo etadigan zamburugʻlar)dan hamda pestitsidlarni notoʻgʻri qoʻllashdan kelib chiqadigan za-rarlanishi ham Kuiish deyiladi. Kuiish poʻstloq, poya, novda, barg, gul, ayrim holdarda oʻsimlikning nobud boʻlishiga olib keladi. Issiq urishda tuprokda namning yetishmasligi tufayli oʻsimlikda suv balansi boʻziladi, vatijada barglar quriydi, hosil toʻkiladi va oʻsimlik nobud boʻladi. Kuiish choʻldan qum koʻchirib keladigan issiq shamolli r-nlar (mas, Qoʻqon, Bekobod, Mir-zachoʻl guruhi va Surxondaryo viloya-tining jan. r-nlari)da ayniqsa koʻp kuzatiladi.

Kurash choralari: quyosh va is-siqdan himoyalash uchun daraxt tanalari ohak erimasi bilan oqlanadi, dala ihota daraxtzorlari barpo qilinadi, ekinlar oʻz vaqtida sugʻoriladi, qator oralariga ishlov beriladi, infeksiya taʼsirida yuzaga kelgan Kuiish larda pes-titsidlar (ularni qoʻllash tavsiyalariga muvofiq) purkaladi.

Sulton Ashmuhamedov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x