KUGUCHKOV Daniil Mironovich (1897.20.12, hoz. Stavropol oʻlkasi, Georgiyev tumani — 1970.11.4, Samarqand) — tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1958), q. x. fanlari d-ri (1955), prof. (1957). Orjonikidzedagi Gorek qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1931). Oʻzbekiston qishloqxoʻjaligi in-tining tuproqshunoslik va umumiy dehqonchilik kafedrasi mudiri (1934—70). Kuguchkov karbovatlar bilan shoʻrlangan tuproqlar tasnifini ishlab chiqdi. Zarafshon vodiysidagi gidromorf tuproqlarda shoʻrlanishning yangi — karbonat-magniyli turini aniqladi va uning ekinlarga zararli taʼsirini isbotlab berdi, drevaj va yer osti suvlarini tadqiq etdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые