KUFIY — xattotlik uslubi; qad. arab yozuvlaridan. Harflar toʻgʻri va doyra chiziklar asosida yoziladi. 7-a. da Yaʼrab ibn Qahton tomonidan (taxm. Kufa sh. da) ixtiro qilingan, 7—10-a. larda keng qoʻllanilgan. Kufiyda 22 ta harf boʻlib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar b-n ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (8-a.), harflar soni 28 taga yetkazilgan. Kufiyning eng qad. namunalaridan biri Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Qurʼonidir. Qoʻlyozma kitob yozishda asta-sekin Kufiy oʻrnini vasx xati egalladi. Kufiy dan, asosan, meʼmorlik (mas, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak sanʼati, tangalarda, qoʻlyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.
Abdumajid Madraimov.