KUENKA — Ekvadorning jan. qismidagi shahar, And togʻlari oraligʻidagi vodiyda, 2600 m balandlikda joylashgan. Asuay provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 240 ming kishi (1995). Eksport uchun shlyapa-panamalar ishlab chiqariladi, toʻqimachilik va oziq-ov-qat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda sopol idishlar, zargarlik buyumlari, marmardan badiiy buyumlar tayyorlanadi. Un-tlar, NVafis sanʼat akademiyasi bor. Shaharga 1557-y. da asos solingan. 16—17-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Kuenka yaqinida oltingugurt konlari topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые