KUCHAN ZILZILASI

KUCHAN ZILZILASI — 1895-y. 17 yanv. da Eronning Turkmaniston chegarasiga yaqin boʻlgan Kuchan sh. da roʻy bergan. Zilzila epitsentri (Kuchan)da tebranish 9 ballga, zilzila magnitudasi esa 7,1 ga yetgan. Zilzila oqibatida 8 ming kishi halok boʻlgan, Atrek vodiysi yon atrofida togʻlar oʻpirilgan. Yer poʻstila katta-katta yoriqlar vujudga kelgan. Aholi yashaydigan koʻp joylar yer bilan yakson boʻlgan. Zilzila taʼsiri Oʻrta Osiyoning koʻpgina shaharlarida sezilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x