KUBA — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar. Xachmas t. y. stansiyasidan 28 km. Katta Kavkazning shim.-sharqiy etagida. Shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 21,5 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Meva-sabzavot konserva z-di va b. bor. Gilam toʻqish taraqqiy etgan. Yirik bogʻdorchilik rni markazi. Tarixoʻlkashunoslik muzeyi, Ozarbayjon Sanʼat un-ti filiali, drama teatri bor. Kubaga 15-a. da asos solingan. Kuba 18-a. ning 2-yarmida Kuba xonligi poytaxti.
Loading…