KSILIT, SN2ON (SNON)z SN2ON

KSILIT, SN2ON (SNON)z SN2ON — koʻp atomli spirt (pentit). Mol. m. 152,15; rangsiz gigroskopik kristall. Suyuklanish t-rasi 61—61,5° boʻlgan beqaror monoklin va suyuqlanish t-rasi 93—94,5°, qaynash t-rasi 215—217° boʻlgan beqaror rombik modifikatsiyasi maʼlum. Ksilit, sn2on (snon)z sn2on optik nofaol izomer; suvda, metil va etil spirtda, piridinda, sirka kislotada eriydi. ; efir, dioksan, uglevodorodlar, butil va propil spirtlarda erimaydi. Kimyoviy xossalarga koʻra koʻp atomli spirtlarning vakili. Sanoatda ksilozani qaytarib olinadi. Ksilit, sn2on (snon)z sn2on va uning 1,4-angidridi (ksilitan) — sellofan qogʻoz va atir-upa i. ch. da namlik plastifikatori va stabilizatori, ksiftal alkid smolalar, sirt-faol moddalar, lok, yelim va b. olishda komponent. Ksilit, sn2on (snon)z sn2on shirin taʼmli (saxarozadan ikki marta shirinroq) boʻlib, odam organizmiga singmaydi. Qandolatchilik mahsulotlari i. ch. da ishlatiladi, shuningdek, diabet va semirishga moyil bemorlarga qand oʻrnida beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x