KSERKS I

KSERKS I (qad. forscha Xshayarshan) (? — mil. av.465) — axomaniylar sulolasiga mansub qad. Eron shohi (486—465). Doro I va Kir //ning qizi Atossaning oʻgʻli. Axomaniylarga tobe misrliklar qoʻzgʻoloni (486—484)ni bostirgan. 482-y. bobilliklar qoʻzgʻolon koʻtargach, Bobilni vayron qilgan, Bobil shohi degan unvondan voz kechish bilan rasman va amalda Bobil davlatini yoʻq qilib, uni oddiy bir satrapiyata aylantirgan. 480-y. Yunonistonga yurish qilgan. Ammo 479y. forslar floti ham, quruqlikdagi qoʻshini ham tor-mor keltirilgan. Bu magʻlubiyatlar Axomaniylar davlati tanazzuli jarayonini kuchaytirgan. Kserks I mamlakat yaxlitligini saqlab qolish maqsadida diniy islohot oʻtkazgan — mahalliy urugʻ-qabila maʼbudlariga sigʻinishni taqiqlab, Axuramazdaga topinishni joriy etgan. U saroy ahli uyushtirgan fitnada oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x