KSENOMORF MINERALLAR — oʻzi ga xos kristallografik shaklga ega boʻlmagan minerallar. Odatda, boshqa minerallardan koʻra kechroq kristallanib, ularning oraligʻiga joylashgan boʻladi. Ksenomorf minerallar qatoriga turli sabablarga koʻra hosil boʻlishning maʼlum sharoitlari boʻyicha kristallik shaklga kira olmaydigan minerallar kiradi. Shu bois ular avval vujudga kelgan minerallar orasidagi joylarni egallashlari mumkin. Boʻlar qatoriga rudali va rudasiz minerallarni kiritsa boʻladi. Gohida, ular dastavval kollomorf boʻlib, keyinroq kristallik holatga oʻtadilar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые